A Seriya doirasida o‘tkazilgan “Atalanta” va “Roma” bahsi 18-turning markaziy uchrashuvlaridan biri bo‘ldi. Bergamo shahri mezbonlik qilgan va rimliklarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bellashuvda bir necha e’tiborga molik voqealar sodir bo‘ldi. E’tiboringizga uchrashuvga oid faktlarni havola etamiz.
“Roma”ning 10-g‘alabasi
Joze Mourino jamoasi joriy mavsumdagi 10-g‘alabasini nishonladi. Bu uchrashuvlarda rimliklar 30 ta gol urib, o‘z darvozasidan 20 ta to‘p olib chiqdi va jami 31 ochko jamg‘ardi.
Ketma-ket uchinchi g‘alaba
A Seriya va Konferensiyalar ligasi o‘yinlarini qo‘shib hisoblaganda “Roma” g‘alabali seriyasini uchta uchrashuvga yetkazdi. Poytaxt klubi UYEFA miqyosidagi turnirda SSKAni, A Seriyada “Spetsiya” va “Atalanta”ni taslim qildi.
Safar uchrashuvidagi to‘rtinchi g‘alaba
“Roma” raqib maydonida o‘tkazilgan 9 ta uchrashuvdan to‘rttasida zafar quchgan. Qizig‘i, Mourinoning jamoasi eng murosasizlaridan biri. Xususan, safar uchrashuvlarda yo g‘alaba yoki mag‘lubiyat qayd etgan. Ular durangga rozi bo‘lmaydi.
Abraxam Shomurodov natijasini takrorladi
Temmi Abraxam Bergamodagi uchrashuvda A Seriyadagi birinchi dublini qayd etdi. E’tiborli tomoni, Eldor Shomurodov ham Italiya chempionatidagi ilk dublini aynan “Atalanta” bilan bo‘lgan uchrashuvda nishonlagan. O‘tgan mavsumda “Jenoa” sharafini himoya qilgan legionerimiz ikkinchi bo‘limda maydonga tushib, ikkita gol urgandi.
Abraxam “Roma” to‘purariga aylanib bormoqda
Temmi Abraxam asosiy hujumchi nomiga mos natija qayd eta boshladi. Angliyalik hujumchi “Roma” tarkibida A Seriyada va Konferensiyalar ligasida oltitadan – jami 12 ta to‘p kiritdi. Buning uchun unga 24 ta uchrashuv kifoya qildi.
Bu natija ilk bor 1927 yilda qayd etilgan
“Atalanta”ni safarda 4:1 hisobida yenggan “Roma” o‘z tarixida raqib maydonida xuddi shu natijani ilk bor 1927 yilda qayd etgan. Rimliklar uchun bu safar maydonida 1:4 naijasi bilan yakunlangan 22-o‘yin bo‘ldi. “Roma” oxirgi marotaba 2019 yili “Fiorentina” maydonida xuddi shu ko‘rsatkichni qayd etgan edi.
Dzanoloning quruq seriyasi tugadi
“Roma” yarim himoyachisi Nikolo A Seriyada 514 kun davom etgan golsiz seriyasiga yakun yasadi. Iste’dodli futbolchi so‘nggi marotaba 2020 yilning 20 iyul kuni “SPAL” jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, rimliklarning 6:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan edi.
2018 yildan beri “Roma” sharafini himoya qilib kelayotgan Dzanolo “bo‘rilar” safida 90-uchrashuvini o‘tkazib, 17-golini urdi.
Shomurodov sobiq jamoadoshiga qarshi o‘ynadi
O‘tgan mavsumda “Jenoa” sharafini birgalikda himoya qilgan Eldor Shomurodov va Davide Dzappokasta bu gal bir-biriga to‘qnash keldi. O‘zbek legioneri “Roma” safida 70-daqiqada maydonga tushirildi.
Davide Dzappakosta esa 79-daqiqada maydonga chiqarildi. Qizig‘i, Dzappakosta "Jenoa"dan oldin "Roma" sharafini himoya qilgan.
Oldindi so‘nggi o‘yin
“Roma” futbolchilari 2021 yilni yaxshi kayfiyatda yakunlash imkoniga ega. “Bo‘rilar” bu yilgi so‘nggi uchrashuvni “Olimpiko” arenasida o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida o‘tkazadi.
22 dekabrga belgilangan 19-tur uchrashuvida Joze Mourino shogirdlari “Sampdoriya” bilan kuch sinashadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"