14:22 / 20.12.2021
1 794

Ular “Barsa”da o‘ynashga loyiqmas! Xavi to‘rt futbolchidan voz kechdi

Ular “Barsa”da o‘ynashga loyiqmas! Xavi to‘rt futbolchidan voz kechdi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes qishki transferlar vaqtida jamoani tark etishi kerak bo‘lgan to‘rt nafar futbolchi nomini ma’lum qildi.

Klub mutasaddilari yangi o‘yinchilarni olish imkoniga ega bo‘lish uchun asosiy tarkibning bir necha futbolchisi bilan xayralashishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Xavining qaroriga ko‘ra, birinchi bo‘lib, “Sevilya”dan ijaraga olingan Lyuka de Yong ketishi kerak. Agar bu hujumchini olib, “Sevilya” bilan ijara shartnomasini davom ettiradigan klub topilmasa, kataloniyaliklar kompensatsiya to‘lab bo‘lsa ham uni “Sevilya”ga qaytarib yuboradi.

Ikkinchi nomzod Filippe Koutino ekani aniq bo‘ldi. Braziliyalik yulduz katta maosh olayotganiga qaramay, jamoaga foydasi tegmayapti. Tajribali pleymeyker yangi bosh murabbiy qo‘llayotgan taktik sxemalarga tushmayapti. “Barsa” o‘z zarariga bo‘lsa ham uni boshqa jamoaga o‘tkazib yuboradi.

Qishda transferga qo‘yiladigan yana ikki futbolchi o‘yin amaliyotisiz qolayotgan himoyachi Samyuel Umtiti va zaxira darvozaboni Neto bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ular “Barsa”da o‘ynashga loyiqmas! Xavi to‘rt futbolchidan voz kechdi