16:57 / 24.12.2021
1 466

Shomurodov bu borada Mourino ishonayotgan futbolchidan yana o‘tib ketdi

Shomurodov bu borada Mourino ishonayotgan futbolchidan yana o‘tib ketdi
"Roma" Italiya chempionati 19-turini o‘z uyida o‘tkazdi. Rimliklar "Olimpiko" stadionida "Sampdoriya"ni qabul qilishdi.

Uchrashuvning 67-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Eldor Shomurodov oradan ko‘p vaqt o‘tmay, hisobni ochdi. Ammo "bo‘rilar" 80-daqiqada darvozalaridan to‘p olib chiqishdi. Natijada bellashuv durang bilan yakunlandi.

Shu tariqa, hamyurtimiz A Seriyada "Roma" safidagi gollari sonini 2 taga yetkazib oldi. Shomurodov bu mavsumdagi ilk golini 12-turda "Venetsiya"ga urgandi.

Joze Mourino oxirgi paytlar asosiy tarkibda maydonga tushirayotgan Nikolo Dzanolo hisobida bitta gol mavjud. Dzanolo ushbu mavaffaqiyatga o‘tgan tur "Atalanta"ga qarshi bahsda erishgandi.

Hujumda Temmi Abraxam bilan birga harakat qilayotgan Nikolo yagona goldan tashqari hali samarali assistni amalga oshirmagan. Bu borada hamyurtimiz undan kam vaqt o‘ynamoqda, lekin 3 bor sheriklarini gol urishlariga imkon yaratgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport