Yozda “Barselona” moliyaviy feyr-pley tufayli Lionel Messi bilan yangi shartnoma tuza olmaganidan xabaringiz bor. Bir necha yorqin yulduzlar, xususan, Lionel Messini ham o‘z safiga qo‘shib olgan PSJ tezroq bir necha o‘yinchilarini sotib olmasa, “Barselona”ning kuniga tushishi mumkin.
L’Equipe nashrining ma’lum qilishicha, Parij klubi 2022 yilning yozigacha budjetdagi defitsitlarni bartaraf etishi kerak bo‘ladi. Aks holda, klub moliyaviy feyr-pleyga zid ish qilgan bo‘ladi va muammolarga duch kelishi aniq.
Vaziyatdan chiqish uchun klub umumiy transfer summasi kamida 100 million yevroni tashkil qiladigan bir necha futbolchini sotib yuborishi kerak.
Klub xo‘jayinlari moliyaviy feyr-pleyni ta’minlash uchun Mauro Ikardi, Yulian Draksler, Rafinya, Leven Kurzava, Tilo Kerer, Abdu Diallo va darvozabon Serxio Rikoni transferga qo‘yishga qaror qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"