
Bugun, 29 dekabr kuni «Uzbekistan Sport Awards-2021» taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov «Sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qo‘shgan hissasi uchun» mukofoti bilan taqdirlandi.
Marosimda «Yil kashfiyoti» sovrini – taekvondo bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitovga topshirildi.
Muxlislar o‘rtasidagi so‘rov natijalariga ko‘ra, «Yilning eng yaxshi sportchisi» – boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Bahodir Jalolov bo‘ldi.
Respublika Komissiyasi xulosasiga ko‘ra, «Yilning eng yaxshi sportchisi» O‘zbekiston Milliy kubogi g‘olibi – og‘ir atletika bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni Akbar Jo‘rayevga nasib etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar