
“Roma”ning 18 yoshli hujumchisi Feliks Afena-Gyan A seriya klublarini nishoniga tushdi.
Joze Mourino qo‘l ostida debyut qilgan ganalik forvard hozircha rimliklarning beshta uchrashuvida qatnashib, “Jenoa” darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilgan.
Il Messaggero nashrining yozishicha, jismonan baquvvat futbolchiga “Sassuolo” jiddiy qiziqish bildiryapti. Bu jamoa mutasaddilari tez orada rimliklar bilan muzorkara boshlashi aytilmoqda. “Sassuolo” Afena-Gyanni ijaraga olib o‘ynatmoqchi.
Manbaning ta’kidlashicha, Joze Mourino yosh futbolchi yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun uni yanvarda boshqa klubga ijaraga jo‘natilishiga qarshilik qilmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar