Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan «Arsenal» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi bahs 1 yanvar, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Londonda o‘tgan o‘yinda hisob 31-daqiqada Bukayo Saka tomonidan ochildi. 57-daqiqaga kelib esa Riyad Mahrez 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirib, muvozanatni tikladi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Rodri «shaharliklar»ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
Qayd etish kerak, «Arsenal» 59-daqiqada bir kishi kam bo‘lib qoldi, Gabriel Magalyayes qizil kartochka olib, maydonni sheriklaridan erta tark etdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Manchester Siti»ning ochkolari soni 53 taga yetdi, jamoa 2-o‘rindagi «Chelsi»dan 11 ochkoga ilgarilab ketgan. «Arsenal» esa 35 ochko bilan 4-pog‘onani band etgan.
«Arsenal» – «Manchester Siti» 1:2
Gollar: 1:0 – 31 Saka, 1:1 – 57, penalti Mahrez, 1:2 – 90 Rodri.
«Arsenal»: Remsdeyl, Tomiyasu, Gabriel, Uayt, Tirni, Jaka, Parti, Edegor (Holding, 63), Saka (en-Nenni, 84), Lyakazett (Smit-Rou, 71), Martinelli.
«Manchester Siti»: Ederson, Joau Kanselu, Lyaport, Ruben Diash, Ake, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Sterling, Mahrez, Gabriel Jezus (Gundo‘g‘an, 63).
Ogohlantirishlar: Jaka (55), Gabriel (57), Saka (63), Holding (68), Rodri (90), Bernardu Silva (90).
Chetlatish: Gabriel (59). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi