
“Roma” mutasaddilari bosh murabbiy Joze Mourino talabi bilan “Marsel” yarim himoyachisi Bubakar Kamara transferini amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Bu futbolchini maydon markazini kuchaytirishi uchun olib kelishmoqchi.
Mourino Kamara tipidagi yarim himoyachini o‘tgan yozda ham qidirgan edi. Shu sababli mutaxassislar rimliklar uni qishki transferlar vaqtida o‘z safiga qo‘shib olishini aytmoqda. Transfer summasi 25 million yevroga baholangan futbolchining “Marsel” bilan shartnomasi mavsum oxirida yetadi. Bu omil “Roma”ga qishda arzonroq narxga futbolchini sotib olish imkonini beradi.
Joriy mavsumda 20 ta uchrashuvda bitta gol urgan Kamaraga “Nyukasl” ham xaridor bo‘lmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar