"Roma"ning ikki futbolchisi koronavirusga chalindi

"Roma"ning ikki futbolchisi koronavirusga chalindi
"Roma" klubining ikki futbolchisi koronavirusga chalindi. Infeksiyaga chalingan futbolchilarning ismlari oshkor etilmagan, biroq ularning har ikkisi ham koronavirusga qarshi emlangani ta’kidlanmoqda.

"So‘nggi tekshiruvlar natijasida asosiy tarkibning ikki futbolchisida koronavirus aniqlangan. Bu haqda zudlik bilan tegishli sog‘liqni saqlash organlariga xabar berildi. Virusga qarshi emlangan futbolchilarning ahvoli yaxshi. Ular izolyatsiyaga jo‘natildi", - deyiladi klub bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, "Roma" A Seriyadagi kelgusi o‘yinlarni "Milan" va "Yuventus"ga qarshi o‘tkazadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar