Ispaniyaning Sport nashri “Chelsi”ning ikki himoyachisi – Sezar Aspilikueta va Andreas Kristensen London klubini erkin agent sifatida tark etib, yozda “Barselona” safiga qo‘shilishga rozilik bergani haqida xabar tarqatdi.
Bu o‘yinchilar kataloniyaliklar bilan rasmiy muzokara vaqtida shu qarorga kelgani aytilmoqda.
“Chelsi” sardori Aspilikueta Tomas Tuxel va uning shtabiga bu mavsum “Stemford Brij”dagi oxirigisi ekanini va uni “Barselona”ga taklif qilishganini ma’lum qilgan. Andreas Kristensen hali jamoa ichida kelajagi borasida biror bayonot bergani yo‘q. Lekin daniyalik himoyachi ham "aristokratlar" bilan shartnomani uzaytirmaydigan bo‘ldi.
Tomas Tuxel yozda himoya chizig‘ini butunlay yangilashiga to‘g‘ri keladi. Chunki asosiy tarkibdagi to‘rt himoyachidan yana biri – Antonio Ryudiger ham so‘ragan maoshi to‘lanmasa, boshqa jamoaga ketishini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi