
“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Lionel Messi faoliyatini “Inter Mayami”da davom ettirishi kutilmoqda, - deb yozadi Marca.
Manbaning xabar berishicha, argentinalik yulduz 2023 yilda Devid Bekxem egalik qiluvchi “Inter Mayami” bilan shartnoma imzolashi haqiqatga yaqin. Avvalroq, Messining o‘zi ham AQSH chempionatida o‘ynamoqchi ekanini aytgan va hatto Mayamidan ko‘chmas mulk sotib olgan.
Messi “Barselona” bilan yangi bitim tuza olmaganidan keyin moliyaviy jihatdan ancha baquvvat klub hisoblangan PSJni tanlagan edi.
Argentinalik yulduz shu kunga qadar Fransiya chempionatida 11 ta uchrashuvda bitta gol urdi va to‘rtta golli pas uzatdi. Chempionlar ligasida esa beshta uchrashuvda o‘z hisobiga beshta gol yozdirib qo‘ydi.
Lionel MessiInter MayamiPSGFutbol YulduziChempionat YangiliklariSport Xabarlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar