“Chelsi” keyingi yillarda katta transferlarni amalga oshirgani bilan hujum chizig‘idagi muammolarni bartaraf eta olgani yo‘q. Jamoaning hujumkorligi oshirish maqsadida keyingi ikki mavsumda “aristokratlar” safiga o‘tgan Hakim Ziyesh, Kay Xavers, Timo Verner va yozda rekord summa 97,5 million funtga transfer qilingan Romelu Lukaku ham masalaning yechimi bo‘la olmadi.
Romelu Lukaku “Inter”dan olib kelinganida jamoaning asosiy to‘purari bo‘lishi kutilgandi. Lekin tajribali hujumchi London klubida 13 ta uchrashuvda beshta gol urdi xolos. Yarim himoyada o‘ynayotgan Meyson Maunt va Jorjino gol urish borasida belgiyalik hujumchidan o‘zib ketgan.
Romelu Lukaku olib kelinganidan keyin “Chelsi” o‘z tarbiyalanuvchisi Temmi Abraxamni “Roma”ga 40 million funtga sotib yuborgan edi. Angliyalik hujumchining Rimdagi ishlari yurishib ketdi va 24 yoshli forvard yana Angliya terma jamoasiga jalb qilina boshladi.
Katta umidlar bilan Angliya premer-ligasiga qaytgan Romelu Lukaku esa, “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel qo‘llayotgan o‘yin uslubi unga yoqmayotgani va tezroq “Inter”ga qaytishni istayotgani haqida ochiq bayonot bera boshladi.
Shundan so‘ng, “Chelsi” hujum chizig‘ini oldinda katta muammolar kutib turgani oshkor bo‘ldi. Ayni paytda “aristokratlar” zudlik bilan Lukaku bajara olmayotgan vazifa – ko‘p gol ura oladigan hujumchi qidira boshladi.
Ular bu pozitsiyaga Robert Levandovski, Dushan Vlaxovich va Mauro Ikardini ko‘zlamoqda. Londonliklar bu to‘purarlarga erishish qiyinligini bilgan holda, Temmi Abraxamni Rimdan qaytarish variatini ham ko‘rib chiqmoqda.
“Chelsi” Abraxamni transfer qilganida hujumchini 2023 yilda 80 million yevroga qayta sotib olish huquqini shartnoma bandiga kiritib qo‘ygan. Temmining o‘zi ham tarbiya topgan jamoasiga borib, nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘yishga qarshi bo‘lmasa kerak.
“Roma” ham bir muddat o‘tib, 40 million yevro sarflagan o‘yinchini ikki baravar qimmatiga pullash imkonidan voz kechmaydi. Demak, vaziyatni kuzatishda davom etamiz.
“Roma” futbolchisi AQSHga ketishi mumkin
Amerikalik himoyachi Brayan Reynolds “Roma” asosiy tarkibiga kira olmayapti. Joriy mavsumda Mourino uni bir marta maydonga tushirdi xolos.
Aslida bir yil muqaddam AQSHdan Rimga kelgan o‘yinchi o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. O‘tgan mavsumda ham A Seriyada atigi besh marta ko‘rinish bergandi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 20 yoshli futbolchiga Belgiya chempionatidan “Bryugge” va “Anderlext” qiziqish bildirmoqda. Agar bu transfer o‘xshamasa, Reynolds o‘z yurtiga qaytib ketishni mo‘ljallagan.
Brayan Yevropaga kelgunga qadar AQSH chempionatida “Dallas” jamoasi sharafini himoya qilgan.
Ibrohimovich sobiq ustozini tiz cho‘ktirishga tayyor
“Roma” A Seriyaning navbatdagi turida “San-Siro”da “Milan” mehmoni bo‘ladi. Ushbu uchrashuv 6 yanvar kuni o‘tkaziladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Milan”ning eng mashhur o‘yinchisi Zlatan Ibrohimovich va iste’dodli hujumchi Rafael Leau jarohatlaridan qutilib, “bo‘rilar”ga qarshi maydonga tushishga tayyor.
40 yoshli shvetsiyalik futbolchi milanliklar safida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. U joriy mavsumda 11 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini yetti bor ishg‘ol qilgan.
Ibrohimovich ilgari “Manchester Yunayted”da Joze Mourino qo‘l ostida to‘p tepgan. Shunga qaramay, joriy mavsumda chempionlik uchun kurashayotgan milanliklar hujumchisi bo‘lajak bahsda sobiq ustozining jamoasini tiz cho‘ktirmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi