08:47 / 06.01.2022
1 193

"Neftchi" bilan shartnoma imzolagan Lutfulla To‘rayev bilan suhbat

"Neftchi" bilan shartnoma imzolagan Lutfulla To‘rayev bilan suhbat
Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda. Kecha klub o‘z safiga “Bunyodkor”ning tajribali yarim himoyachisi Lutfullo To‘rayevni qo‘shib oldi. Shundan keyin To‘rayev bilan qisqacha suhbatlashib, yangi jamoasiga o‘tishi borasida fikrlariga quloq tutdik.

- “Neftchi”ga Ilhom Mo‘minjonov taklifi bilan kelib qo‘shildim. U kishi ikki oy oldin telefon qilgandi hamda o‘zaro ko‘rishib olgandik. O‘shanda Mo‘minjonov meni “Neftchi”da o‘ynashimni istashini ma’lum qilgandi. Klub o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yayotganini aytgandi.

Xabaringiz bor, “Neftchi” o‘z tarixiga ega bo‘lgan jamoalardan biri hisoblanadi. Klub o‘z mavqeini ko‘tarish yo‘lida harakat qilmoqda. Joriy yilda o‘z oldiga katta maqsad va rejalar tuzgan. Ishonamanki, bu klub safida ham yorqin o‘yinlar ko‘rsatib, klubning mavqeini ko‘tarishga intilmoqchimiz. Superligada yaxshi ishtirok etishni maqsad qilganmiz.

To‘g‘risi, “Neftchi”dan boshqa jamoalardan taklif olganim yo‘q. Qolaversa, Ilhom akaning o‘zi birinchi bo‘lib menga aloqaga chiqqanidan so‘ng boshqa takliflarni ko‘rib chiqishga hojat qolmagandi.

“Bunyodkor” bilan bir yillik shartnomam bor edi. Lekin rahbariyat bilan o‘zaro kelishgan holda shartnoma muddatini ikki tomonlama bekor qildik. Shuningdek, “qaldirg‘ochlar” hisobiga ham ma’lum miqdorda mablag‘ to‘lab beriladigan bo‘ldi
, - deya fikrlarini yakunladi To‘rayev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Neftchi" bilan shartnoma imzolagan Lutfulla To‘rayev bilan suhbat