date
views 782

Benzema va Vinisiusning ikkitadan goli «Real»ga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi

Benzema va Vinisiusning ikkitadan goli «Real»ga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi
Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 20-turidan o‘rin olgan o‘yinda «Real» 8 yanvar, shanba kuni «Valensiya»ga qarshi bahs yuritdi.

«Santyago Bernabeu»da o‘tgan o‘yinda umumiy hisobda 5 ta gol kiritildi. Dastlab birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Karim Benzema hisobni ochgan bo‘lsa, 52 va 61-daqiqalarda Vinisius Junior ketma-ket ikki bor darvozani ishg‘ol etib, dublni rasmiylashtirdi. Shundan so‘ng mehmonlar Gonsalu Gedeshning goli evaziga hisobni qisqartirishga erishdi. 88-daqiqada esa Benzema o‘zining o‘yindagi ikkinchi, jamoasining esa to‘rtinchi golini urib, bellashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Real»ning ochkolari soni 49 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida karvonboshilik qilmoqda. 9-o‘rindagi «Valensiya»ning hisobida 28 ochko mavjud.

«Real» — «Valensiya» 4:1
Gollar
: 1:0 – 43, penalti Benzema, 2:0 – 52 Vinisius Junior, 3:0 – 61 Vinisius Junior, 3:1 – 76 Gedesh, 4:1 – 88 Benzema.
«Real»: Kurtua, Alaba, Militao, Mendi, Modrich (Sebalos, 70), Kroos, Kazemiro (Kamavinga, 71), Vaskes (Nacho, 87), Benzema, Asensio, Vinisius Junior (Valverde, 87).
«Valensiya»: Sillessen, Pichchini (Iranso, 77), Alderete, Diakabi, Gayya, Gilyamon, Gedesh, Vass, Musa (Cherishev, 66), Elder Koshta (Markos Andre, 66), Maksi Gomes (Kuandredi, 66; Valexo, 83).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (14), Militao (26), Pichchini (51), Musa (58), Mendi (75), Cherishev (84).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Benzema va Vinisiusning ikkitadan goli «Real»ga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi