
Italiyalik taniqli jurnalist Fabritsio Romano “Roma” kelasi hafta yana bir transferni hal qilishga yaqin ekani haqida xabar berdi.
Poytaxtliklar Portugaliya chempionatidagi “Portu” sharafini himoya qilayotgan universal futbolchi Serjiu Oliveyra transferi bo‘yicha yakuniy bosqichga kirishdi.
“Roma” sport direktori Tyagu Pinto portugaliyaliklarni Oliveyrani mavsum oxirigacha ijaraga jo‘natib, keyinchalik 15 million yevroga xarid qilish huquqini berishga ko‘ndirgani aytilmoqda.
29 yoshli futbolchi maydon markazida bir necha pozitsiyalarda o‘ynay oladi. Joze Mourino Oliveyraning ham himoya, ham hujumda o‘ynash qobiliyatini yuqori baholamoqda.
Portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda 24 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qildi. Uning o‘zi ham Joze Mourino qo‘l ostida o‘ynashga qarshi emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar