
“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri “Roma”ni boshqarayotgan hamkasbi Joze Mourino haqida iliq fikrlarni bildirdi.
- “Yuventus” uchun“Roma”ga qarshi o‘yinlar har doim qiyin bo‘lgan. Bu jamoaning o‘ziga xos uslubi bor. Biz bo‘lajak bahsda raqobatbardosh ekanimizni ko‘rsatish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.
“Yuventus”da ish boshlashimdan oldin bir-ikki yil ichida jamoani chempionlik kurashiga qaytarishim lozimligini bilardim.
Hozir Rim klubi bizdan uch ochko ortda. Mourino o‘z vazifasini yaxshi uddalayapti. Bir necha oy ichida hamma narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi, hech kim mo‘’jiza yaratolmaydi.
Bizning ham o‘yin sifatimiz oshyapti. Ozgina sabr kerak. Bu tabiiy hol. Hamma yutishni istaydi, lekin buning uchun qudratli jamoani shakllantirib olish shart, - dedi Massimiliano Allegri. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar