
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini boshqa klub tarkibida davom ettirishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, u jamoaning hozirgi holatidan norozi. Shu bois, agenti Jorje Mendesh bilan gaplashib, boshqa chempionatga o‘tishi haqida ma’lum qilgan.
Ispan OAV xabariga ko‘ra, uni sotib olishga asosiy da’vogarlardan biri "Barselona" hisoblanadi. Transfer Ronalduning agenti Mendesh va kataloniyaliklar o‘rtasidagi mustahkam aloqalar tufayli ham amalga oshishi mumkin.
34 yoshli hujumchi joriy mavsum avvalida "qizil iblislar" tarkibiga kelib qo‘shilgan edi. Bu vaqt oralig‘ida u 21 uchrashuvda 14 gol muallifiga aylandi. Shuningdek, uning hisobida 3 ta assist bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar