
"Jenoa" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Andrey Shevchenkoni iste’foga chiqarmoqchi. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, tomonlar allaqachon amaldagi mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishni muhokama qilishmoqda. Hamkorlik to‘xtatilgan taqdirda, Genuya klubi Shevchenko murabbiylar shtabiga 20 million yevroga yaqin tovon puli to‘laydi.
Mish-mishlarga ko‘ra, Shevchenkoning o‘rnini "Roma"dagi faoliyati bilan tanilgan Rudi Garsiya egallashi mumkin.
Ukrainalik mutaxassis “Jenoa”ni 2021 yilning noyabridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa A Seriyada uch marta durang o‘ynadi va olti marta mag‘lub bo‘ldi. Afsuski, birorta o‘yinda ham g‘alaba qozona olmadi.
JenoaAndrey ShevchenkoRudi GarsiyaA SeriyaJamoa Bosh MurabbiyiTovon Puli O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar