Messi rafiqasining gapiga kiradimi?

Messi rafiqasining gapiga kiradimi?
PSJning argentinalik hujumchisi Lionel Messi yana “Barselona” futbolchisiga aylanishi mumkin, deya xabar bermoqda The Mirror.

Manbaga ko‘ra, Messining rafiqasi Parijda baxtli emas. Qayd etilishicha, Antonella Rokutsso turmush o‘rtog‘idan "Barsa"ga qaytishni so‘ragan.

Shuningdek, Messining farzandlari Parij klubiga moslasha olmasligi, uning oilasiga Parij iqlimi yoqmasligi ham aytilgan. Futbolchini "Barselona"ga qaytishga bosh murabbiy Xavi va himoyachi Dani Alves ko‘ndirishmoqda.

Ammo futbolchining otasi va agenti Xorxe Messi o‘g‘lining “Barselona”ga qaytishi tarafdori emas.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar