18:36 / 17.01.2022
1 528

La Gazzetta dello Sport: Shomurodov texnik inqirozda va u o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘ydi!

La Gazzetta dello Sport: Shomurodov texnik inqirozda va u o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘ydi!
A Seriyaning 22-turida “Roma” o‘z maydonida joriy mavsum autsayderlaridan “Kalyari”ni bao‘r 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “Olimpiko” egalari katta ustunlikka erishgan bo‘lsa-da, raqib darvozasiga yo‘l topishga qiynaldi. G‘alaba goli ham yangi futbolchi – Serjiu Oliveyraning penaltidan aniq zarbasi evaziga kiritildi.

Tobora zaxira o‘yinchisiga aylanib borayotgan Eldor Shomurodov o‘yinga 75-daqiqada qo‘shildi. Agar Feliks Afena-Gyan oyog‘idan yaxshigina zarba yemaganida balki Mourino uni uchrashuv oxirigacha o‘ynatarmidi?

Eldor “Yuventus”ga qarshi uchrashuvdagi o‘yinda o‘ziga qaratilgan tanqidlardan keyin shiddatli o‘yin ko‘rsatishi kutilgandi. Biroq, unday bo‘lmadi. Legionerimizni sheriklari bir bor qulay pozitsiyaga chiqardi. Eldorning zarbasi juda bo‘sh chiqdi.

Italiya matbuoti “Roma” – “Kalyari” uchrashuvini tahlil qilib, bahsda qatnashgan o‘yinchilarga baho qo‘ydi. E’tiboringizga Italiyaning eng nufuzli nashrlarining o‘yinchilar haqidagi izohlari va ballarini havola qilamiz.

Corriere dello Sport: Qiyin o‘yinlar uchun xuddi shunday darvozabon kerak. Ruy Patrisio ikkinchi bo‘limda “Roma”ni aniq goldan qutqarib qoldi.

Il Romanista: Serjiu Oliveyra maydon markazining haqiqiy egasi. Jamoadoshlari uni istalgan burchakda osonlikcha topa oldi.

Corriere dello Sport: Kumbullaning qaytishini Mourino ham olqishladi.

Il Messaggero: Mxitaryanning g‘oyalari “Roma” futbolchilari uchun asosiy mo‘ljalga aylanyapti. U juda faol hujumkor futbolchi.

La Gazzetta dello Sport: Shomurodov texnik inqirozda va u o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘ydi.

Italiya ommaviy axborot vositalari “Roma” futbolchilariga qo‘ygan ball bilan quyida tanishasiz. Eng yuqori ballga Portugaliya vakillari – Ruy Patrisiu va Serjiu Oliveyra loyiq ko‘rildi. Eng past ball Shomurodovga qo‘yildi.

IL MESSAGGERO: Ruy Patrisiu 6,5, Meytlend-Naylz 6, Manchini 5, Kumbulla 6, Vinya 5,5, Veretu 6, Oliveyra 6,5, Mxitaryan 6,5, Dzanolo 5,5, Abraxam 5,5, Feliks 6, Shomurodov 5, Karsdorp (baholanmadi), Bove (baholanmadi), Keramitsis (baholanmadi), Mourino 6.

CORRIERE DELLO SPORT: Ruy Patrisiu 6,5, Meytlend-Naylz 6, Manchini 5,5, Kumbulla 7, Vinya 5,5, Veretu 6, Oliveyra 6,5, Mxitaryan 6,5, Dzanolo 6, Abraxam 6, Feliks 6, Shomurodov (baholanmadi), Karsdorp (baholanmadi), Bove (baholanmadi), Keramitsis (baholanmadi), Mourino 6.

GAZZETTA DELLO SPORT: Ruy Patrisiu 6,5, Meytlend-Naylz 6, Manchini 6, Kumbulla 6, Vinya 5,5, Veretu 6, Oliveyra 6,5, Mxitaryan 6,5, Dzanolo 6, Abraxam 5,5, Feliks 6, Shomurodov 5, Karsdorp (baholanmadi), Bove (baholanmadi), Keramitsis (baholanmadi), Mourino 6.

IL TEMPO: Ruy Patrisiu 7, Meytlend-Naylz 6, Manchini 6, Kumbulla 6,5, Vinya 6, Veretu 6, Oliveyra 7, Mxitaryan 6,5, Dzanolo 6, Abraxam 5,5, Feliks 6, Shomurodov 5, Karsdorp 6, Bove (baholanmadi), Keramitsis (baholanmadi), Mourino 6,5.

CORRIERE DELLA SERA: Ruy Patrisiu 7, Meytlend-Naylz 6, Manchini 6, Kumbulla 6,5, Vinya 5,5, Veretu 6, Oliveyra 7, Mxitaryan 7, Dzanolo 6, Abraxam 5,5, Feliks 6, Shomurodov 5, Karsdorp (baholanmadi), Bove (baholanmadi), Keramitsis (baholanmadi), Mourino 6.

LA REPUBBLICA: Ruy Patrisiu 7, Meytlend-Naylz 6, Manchini 5,5, Kumbulla 6,5, Vinya 5,5, Veretu 6, Oliveyra 7, Mxitaryan 6,5, Dzanolo 5,5, Abraxam 5,5, Feliks 6, Shomurodov 4,5, Karsdorp (baholanmadi), Bove (baholanmadi), Keramitsis (baholanmadi), Mourino 6.

IL ROMANISTA: Ruy Patrisiu 7, Meytlend-Naylz 6,5, Manchini 6,5, Kumbulla 6,5, Vinya 6, Veretu 6, Oliveyra 7, Mxitaryan 7, Dzanolo 6, Abraxam 6,5, Feliks 6, Shomurodov 6, Karsdorp (baholanmadi), Bove (baholanmadi), Keramitsis (baholanmadi), Mourino 6,5.

O‘rtacha ball: Ruy Patrisiu 6,79, Meytlend-Naylz 6,07, Manchini 5,79, Kumbulla 6,43, Vinya 5,64, Veretu 6, Oliveyra 6,79, Mxitaryan 6,64, Dzanolo 5,86, Abraxam 5,71, Feliks 6, Shomurodov 5,08, Karsdorp 6, Bove (baholanmadi), Keramitsis (baholanmadi), Mourino 6,14.

“Roma” navbatdagi uchrashuvni Italiya kubogi doirasida 20 yanvar kuni o‘z maydonida “Lechche”ga qarshi o‘tkazadi. Yakshanba kuni esa A Seriyaning 23-turi doirasida safarda “Empoli” mehmoni bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Gazzetta dello Sport: Shomurodov texnik inqirozda va u o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘ydi!