Foto: FIFA
FIFA tomonidan 17 yanvar, dushanba kuni 2021 yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimi o‘tkazildi.
«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq ko‘rildi. Polshalik futbolchi 2020/21 yilgi mavsumda Bundesliga bosh sovrini va Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. U 2021 yilda barcha musobaqalar doirasida 69 ta gol urdi va bu borada eng yaxshi natijaga erishdi. Mazkur sovrin uchun, shuningdek, «PSJ» hujumchisi Lionel Messi va «Liverpul» forvardi Muhammad Saloh da’vogarlik qilgandi.
Qayd etish kerak, 2020 yilda ham ushbu sovringa Levandovski ega chiqqan.
Shuningdek, FIFA boshqa nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblarni e’lon qildi.
Yilning eng yaxshi murabbiyi — Tomas Tuxel («Chelsi»);
Yilning eng yaxshi darvozaboni — Eduar Mendi («Chelsi»);
Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi — Aleksiya Putelyas (Ispaniya, «Barselona»);
Yilning eng chiroyli goli — Erik Lamelaning rabona uslubida «Arsenal»ga (1:2) darvozasiga urgan goli.
Fair Play sovrini — Daniya terma jamoasi futbolchilari va shifokorlari (ular Yevro—2020 vaqtida Kristian Erksenning hayotini saqlab qoldi).
FIFA yil yakunlari bo‘yicha ramziy terma jamoani ham taqdim etdi. Tarkib 3-3-4 ko‘rinishida tuzilgan.
Darvozabon: Janluiji Donnaruma (Italiya, «Milan» / «PSJ»);
Himoyachilar: Leonardo Bonuchchi (Italiya, «Yuventus»), Ruben Diash (Portugaliya, «Manchester Siti»), David Alaba (Avstriya, «Bavariya» / «Real»);
Yarim himoyachilar: Jorjino (Italiya, «Chelsi»), Ngolo Kante (Fransiya, «Chelsi»), Kevin de Bryuyne (Belgiya, «Manchester Siti»);
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, «Yuventus», «Manchester Yunayted»), Erling Holand (Norvegiya, «Borussiya D»), Robert Levandovski (Polsha, «Bavariya»), Lionel Messi (Argentina, «Barselona» / «PSJ»). “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
AQSHda 9 yoshli bola millionerni uysiz deb o‘ylab, unga bor puli — 1 dollarini berdi
Putin: Rossiya O‘zbekiston 2023 yildagi kabi meva-sabzavotlar yetkazib berishini kutmoqda
Maksim Shatskix: "Har bir uchrashuvda omadsizlikka duch kelmoqdamiz. Bugun Saitov kutilmaganda jarohat oldi"
Berlin meri 9 may kuni Rossiya bayroqlari taqiqlanishiga izoh berdi
Lunin kelajagi borasida bir qarorga keldi
Chempionlar ligasi o‘z to‘purarlaridan ayrildi
Jahonga mashhur shaxslar va ularning oila a’zolari (foto)