18:45 / 18.01.2022
1 073

Toshkentda bo‘ladigan boks bo‘yicha Osiyo chempionati dasturi bilan tanishing!

Toshkentda bo‘ladigan boks bo‘yicha Osiyo chempionati dasturi bilan tanishing!
20-30 yanvar kunlari Toshkent shahrida boks bo‘yicha 22 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi birinchi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston, Tailand, Yaponiya, Filippin, Tojikiston, Mo‘g‘uliston, Qirg‘iziston, Malayziya erkaklar va ayollar jamoalari medallar uchun asosiy favoritlar qatoridan joy olishadi. Turnirga jami 16 davlat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Chempionat 2021 yil dekabridan qoldirilganligi sababli, yosh chegarasi uzaytirildi. Demak, 1999-2003 yillarda tug‘ilgan bokschilar Toshkentda bo‘lib o‘tadigan chempionatda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

21 yanvar kuni ishtiroklarini tekshiruvdan o‘tkazish, texnik yig‘ilish va rasmiy qur’a tashlash marosimidan so‘ng, ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning birinchi kuni 22 yanvar, final esa ikki kunda - 28 va 29 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ayollar 12 ta vazn toifasida 48 kg dan +81 kg gacha ishtirok etishsa, o‘g‘il bolalar 48 kg dan superog‘ir vazn +92 kg gacha bo‘lgan 13 toifada ishtirok etishlari mumkin.

Bahslar "Universal" sport majmuasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

U22 boks bo‘yicha Osiyo chempionatining to‘liq taqvimi (mahalliy vaqt)

20-21 yanvar - jamoalarni kutib olish
21 yanvar – sportchilarni tekshiruvdan o‘tkazish
21 yanvar, 16:00 – texnik yig‘ilish
21 yanvar, 17:00 – rasmiy qur’a
21 yanvar, 18:00 – ochilish marosimi
22 yanvar - dastlabki saralash janglari
23-24 yanvar - chorak final
25-26 yanvar - yarim final
27 yanvar - dam olish kuni
28-29 yanvar - final

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Toshkentda bo‘ladigan boks bo‘yicha Osiyo chempionati dasturi bilan tanishing!