Superliganing 2022 yilgi mavsumi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

1 daqiqa o'qish1.1K
Superliganing 2022 yilgi mavsumi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi
Foto: PFL
O‘zbekiston professional futbol ligasi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 2022 yilgi mavsum taqvim rejasi bo‘yicha kelishib oldi. Yangi mavsumga 10 fevral kuni qur’a tashlanadi. Bu haqda PFL rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, uchrashuvlar sanalariga oydinlik kiritilishi uchun OFK taqvim rejasini kutishga to‘g‘ri kelgan. Hozirda Chempionlar Ligasi, OFK Kubogi, Osiyo chempionati U-23, Osiyo Kubogining saralash musobaqalari qaysi sanalarga to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘lib ulgurgan.

Mavsum odatga ko‘ra Superkubok uchrashuvi bilan start oladi. O‘zbekiston chempioni sifatida «Paxtakor» Kubokning amaldagi sohibi «Nasaf» bilan to‘qnash keladigan Superkubok bahsi 27 fevral, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Hozircha o‘yin qayerda o‘tkazilishi noma’lum.

Superliga esa 2 mart sanasidan e’tiboran start oladi. Chempionlar Ligasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan klub(lar) guruh bosqichi uchrashuvlarida ishtirok etayotgan bir vaqtda qolgan jamoalar O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichida qatnashadi.

Shuningdek, PFL musobaqalarning birinchi davra taqvimini ham e’lon qildi.
Superliganing 2022 yilgi mavsumi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi
Foto: PFL
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?