
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubayda yig‘in tashkil qilmoqda. Vakillarimiz 23 yanvar - yakshanba kuni o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.
- Ayni vaqtda BAAda yig‘inni davom ettirayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yakshanba kuni "Al Vahda" klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirgan, - dedi Alisher Nikimbayev.
Eslatib o‘tamiz, 21 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalangan Yaponiyaga qarshi "kunchiqar yurt" davlatidagi o‘rtoqlik o‘yini bekor qilingandi. Ammo terma jamoamiz Dubayda 27 yanvarda Bahrayn, 1 fevralda esa Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar