Foto: O‘FA
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 23 yanvar, yakshanba kuni BAAning «Al-Vahda» jamoasiga qarshi nazorat o‘yinida ishtirok etdi.
Uchrashuvda hisob 90-daqiqaga kelib ochildi. Azizbek Omonovning penaltidan urgan goli O‘zbekiston terma jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur yig‘in doirasida Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi kerak edi, biroq koronavirus bilan bog‘liq tang vaziyat tufayli Yaponiya so‘roviga ko‘ra 21 yanvar kuniga belgilangan uchrashuv bekor qilindi. Shuningdek, yig‘in doirasida 1 fevral kuni Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi.
O‘rtoqlik o‘yini
23 yanvar, yakshanba
O‘zbekiston — «Al-Vahda» (BAA) 1:0
Gol: 1:0 — 90 Azizbek Omonov (penalti).
O‘zbekiston: O‘tkirbek Yusupov (Valijon Rahimov, 45), Islomjon Qobilov (Hojimat Erkinov, 61), Abdulla Abdullayev (Abubakr Rizo Turdialiyev, 61), Sherzod Nasrullayev, Hojiakbar Alijonov (Dilshod Saitov, 61), Farrux Sayfiyev, Akmal Mozgovoy (Umar Eshmurodov, 61), Sardor Sobirxo‘jayev, Sherzod Temirov (Javohir Siddiqov, 61), Oybek Bozorov (Jaloliddin Jumaboyev, 61), Azizbek Amonov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot