17:23 / 24.01.2022
1 711

Dunyoning eng zo‘r klublari reytingi e’lon qilindi. O‘zbek klublari nechanchi o‘rinda qayd etildi?

Dunyoning eng zo‘r klublari reytingi e’lon qilindi. O‘zbek klublari nechanchi o‘rinda qayd etildi?
Futbol tarixi va statistikasi Xalqaro Federatsiyasi — IFFHS 2021 yil yakunlariga ko‘ra jahonning eng kuchli erkaklar klublari reytingini e’lon qildi.

Reytingning eng yuqori pog‘onasidan Braziliyaning "Palmeypas" (332) joy oldi. Kuchli uchlikda esa "Atletiko Mineyro" (313) va "Manchester Siti" (300) qayd etildi. UYEFA Chempionlar ligasi g‘olibi "Chelsi" esa 4-o‘rinni egalladi. "Aristokratlar" hisobida 289 ochko bor.

Undan O‘zbekistonning 3 ta klubi joy oldi:

"Nasaf" — 213-o‘rin (89 ochko)
"Paxtakor" — 283-o‘rin (75,5 ochko)
AGMK — 331-o‘rin (70,5 ochko).

Qarshining "Nasaf" jamoasi Osiyo miqyosida 11-pog‘onada qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil yakuniga ko‘ra e’lon qilingan reytingda Toshkentning "Paxtakor" jamoasi o‘zbek klublari ichida eng yaxshi natijani qayd etgan edi: jahonda — 85, Osiyoda — 4-o‘rin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dunyoning eng zo‘r klublari reytingi e’lon qilindi. O‘zbek klublari nechanchi o‘rinda qayd etildi?