
Futbol tarixi va statistikasi Xalqaro Federatsiyasi — IFFHS 2021 yil yakunlariga ko‘ra jahonning eng yaxshi chempionatlari reytingini e’lon qildi.
Eng kuchli chempionat sifatida Braziliya chempionati qayd etilgan. Kuchli uchlikdan esa Angliya va Italiya chempionatlari joy olgan.
O‘zbekiston Superligasi esa jadvalda 66-o‘rinni band qildi (309,5 ochko). Bu Osiyo miqyosidagi 5-ko‘rsatkich hisoblanadi. Qit’ada faqat Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron va Saudiya Arabistoni chempionati O‘zbekistondan yuqorida joylashgan.
Umumiy reytingda AQSH, BAA, Qatar va Belarus ligasi O‘zbekiston chempionatidan pastroqda qayd qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil yakunida ishlab chiqilgan reytingda Superliga jahonda 48, Osiyoda 5-o‘rinda bo‘lgan edi.
Futbol TarixiIFFHS ReytingiO‘zbekiston SuperligasiBraziliya ChempionatiAngliya ChempionatiItaliya Chempionati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar