
Krishtianu Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodrigesning qarindoshlari uning mashhur futbolchi bilan yashayotanidan beri o‘zgarib qolgani, munosabatlarni uzib yuborganidan norozi bo‘lmoqda.
- Men hech qachon undan biron nima so‘ramaganman. U Ronaldu bilan uchrashayotganini bilganimdan keyin atigi bir-ikki marta qo‘ng‘iroq qildi. Jorjina bizdan uyalyapti, chunki biz u yashayotgan hashamatdan uzoqmiz.
Men Jorjina va uning singlisi ta’minotiga mas’ul edim, ularga kiyim sotib olardim, suviga, ishlatgan elektriga to‘lov qilardim. Men Krishtianuning feysbukdagi sahifasiga: “Eng zolim ayol sening yoningda, nima uchunligini bilishni istasang, menga bog‘lan, hammasini tushuntirib beraman!”, deb yozdim, - deydi Jorjinaning amakasi Iisus.
Jorjinaning xolasi Lidiya ham undan noroziligini yashirmadi.
- U bobosi va buvisidan xabar olmay qo‘ydi. Unga bir necha bor qo‘ng‘iroq qildik, raqamini o‘zgartiribdi. Endi uning insofsiz qiz ekanini hamma biladi, - dedi Lidiya xonim.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar