
Yurtimizda boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tayotganidan xabaringiz bor. Bugun musobaqa dasturiga ko‘ra dam olish kuni edi. Ushbu vaqtda esa O‘zbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan ajoyib jang kechasi tashkil etildi.
Markaziy jang -67 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tib, unda o‘zbek bokschisi Abdurasul Ismoilov havaskor boksda amaldagi jahon chempioni yaponiyalik Sevon Okazavaga qarshi ringga ko‘tarildi. 4 raund to‘liq davom etgan jangda durang qayd etildi.
Ikkinchi asosiy jangda iqtidorli bokschimiz Abdulaziz Najmiddinov boshqa bir hamyurtimiz Abbosbek Ashuraliyev ustidan ochkolar hisobida ustun keldi.
Ertaga esa muxlislarni Osiyo chempionati final janglari kutib turibdi.
Boks MusobaqasiO‘zbekiston Boks FederatsiyasiAbdurasul IsmoilovSevon OkazavaAbdulaziz NajmiddinovAbbosbek Ashuraliyev O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar