
"Barselona"ga o‘tgan vinger Adama Traore o‘zining transferi, klubi va bosh murabbiyi haqida gapirdi.
«Men qaytdim. Hozir eng muhimi — murabbiy bilan gaplashib olish va uning mendan nima xohlayotganini bilib olish. Men bor kuchim bilan mehnat qilishga tayyorman. Meni mana shu darajagacha yetishimga sabab bo‘lgan darajada mashg‘ulotlarni o‘tkazishda davom etaman.
Meni bu yerning yoshlar jamoalarida ko‘rganlar qanday inson ekanligimni yaxshi bilishadi. Maksimal natijalar berishga harakat qilaman.
Maqsadim — ishlash va kundan kunga rivojlanish. Men doim, hech narsa o‘rganmagan kuning — yo‘qotilgan kun, deb aytaman. Men kuchli murabbiydan, futbolchilik faoliyatida katta sovrinlarni yutgan haqiqiy afsonadan saboq olishni istayman. Menga bildirilgan ishonchni maydonda oqlashga harakat qilaman», — dedi ispaniyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar Adamani sotib olish imkoniyati bilan mavsum so‘ngiga qadar ijaraga oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar