Xalqaro dzyudo federatsiyasi yangilangan jahon reytingini e’lon qildi

1 daqiqa o'qish1K
Xalqaro dzyudo federatsiyasi yangilangan jahon reytingini e’lon qildi
Xalqaro dzyudo federatsiyasi Portugaliya Gran-prisi yakunlariga ko‘ra yangilangan jahon reytingini e’lon qildi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yangilangan reytingda Portugaliyada chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgan Murodjon Yo‘ldoshev -73 kg vazn toifasida 24 pog‘onaga yuqorilab, ayni paytda 22-o‘rinni egallab turibdi. Aytish kerakki, ushbu vazn yetakchisi gruziyalik Lasha Shavdatuashvili hisoblanadi.

-60 kg vazndagi dzyudochimiz Kemran Nurillayev avvalgi o‘rniga nisbatan ikki pog‘onaga, uning akasi Sardor esa -66 kg vazn reytingida bir o‘ringa pastlagan.

Sardor Nurillayev, Hikmatulloh To‘rayev, Sharofiddin Boltaboyev, Davlat Bobonov va Gulnoza Matniyazova jahon reytingining TOP-10 dzyudochilari safidan joy egallagan.

Yangilangan IJF reytingi:

-60 kg vazn toifasi

1. Yang Yung Vey (Xitoy Taypeyi) 4510 ochko
20. Kemran Nurillayev (O‘zbekiston) 1792 ochko

-66 kg vazn toifasi
1. An Baul (Janubiy Koreya) 4340 ochko
7. Sardor Nurillayev (O‘zbekiston) 3269 ochko

-73 kg vazn toifasi
1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) 5575 ochko
9. Hikmatulloh To‘rayev (O‘zbekiston) 2602 ochko
22. Murodjon Yo‘ldoshev (O‘zbekiston) 1502 ochko

-81 kg vazn toifasi
1. Mattias Kasse (Belgiya) 6250 ochko
3. Sharofiddin Boltaboyev (O‘zbekiston) 4066 ochko

-90 kg vazn toifasi
1. Davlat Bobonov (O‘zbekiston) 5844 ochko
33. Shermuhammad Jandreyev (O‘zbekiston) 1140 ochko

-100 kg vazn toifasi
1. Arman Adamyan (Rossiya) 5460 ochko
14. Muhammadkarim Hurramov (O‘zbekiston) 2391 ochko
18. Muzaffarbek To‘raboyev (O‘zbekiston) 1600 ochko

+100 kg vazn toifasi
1. Tamerlan Bashayev (Rossiya) 6574 ochko
25. Alisher Yusupov (O‘zbekiston) 1447 ochko
33. Bekmurod Oltiboyev (O‘zbekiston) 982 ochko

AYOLLAR

-52 kg vazn toifasi

1. Amandin Bushar (Fransiya) 4990 ochko
11. Diyora Keldiyorova (O‘zbekiston) 2560 ochko

-70 kg vazn toifasi
1. Barbara Matich (Xorvatiya) 5498 ochko
9. Gulnoza Matniyazova (O‘zbekiston) 2677 ochko
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?