O‘tgan hafta o‘zbek, Osiyo va xorij utbolida bir qator voqeliklar kuzatildi. Biz sizlarning eng muhimlarini taqdim etamiz.
1. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yig‘in tashkil etdi. Terma jamoamiz yig‘in davomida bir qator qiyinchiliklarga uchradi. Bu virus bilan bog‘liq. Dastlab murabbiy, keyin futbolchilar, undan so‘ng esa raqiblarning o‘zgarishi.
Yaponiya ancha avval hamyurtlarimizga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini bekor qilgandi. Chunki “kunchiqar yurti”dagi epidemiologik vaziyat tufayli shunday yo‘l tutilgan.
Terma jamoamiz Dubayga kelgach dastlab mahalliy “Al Vahda” bilan kuch sinashdi. Arab klubiga qarshi bahs FIFA kunida bo‘lmagani bois faqat mahalliy futbolchilar ishtirok etdi.
Uchrashuvda vakillarimiz 90-daqiqada kiritilgan gol evaziga zafar quchdi. Azizbek Amonov penaltidan darvozani ishg‘ol qildi. Shuningdek, undan avvalroq Farrux Sayfiyev tomonidan kiritilgan gol o‘yindan tashqari holat sabab inobatga olinmadi.
Bahrayn bilan belgilangan bellashuv ham koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli o‘tkazilmadi. To‘g‘riroq qilib aytganda, Bahrayn terma jamoasi Dubayga tashrif buyurmadi. Shuning uchun vakillarimiz Janubiy Sudanga qarshi maydonga chiqdi.
O‘yinda hamyurtlarimiz katta ustunlik bilan harakat qilibgina qolmay, ishonchli hisobda g‘alaba qozonishdi.
Dastlab Eldor Shomurodov darvozaga tezkari turgan holatda to‘pni tovoni bilan to‘rgi kiritib yubordi. Ushbu golga “Roma” klubidan reaksiya bo‘ldi. Jamoaning tvitteriga gol joylandi va uning qay holatda darvozani ishg‘ol qilgani qisqacha ifodalandi. Garchi terma jamoamiz anchi oddiy jamoa bilan o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa ham Shomurodov klubi tomonidan e’tiborda edi. Eldorning bu golidan so‘ng ko‘zingizni oching janob Mourino devorging keladi.
Keyin esa “Roma” hujumchisi raqib posboni bilan birga-bir holatga chiqib, unga imkoniyat qoldirmay dublga erishdi.
Uchinchi gol esa Jaloliddin Masharipov tomonidan kiritildi. Saudiya Arabistoni klubida faoliyat yuritayotgan legionerimiz penaltidan ajoyib tarzda foydalandi. Masharipov 11 metrli jarima zarbasini panenka uslubida bajardi.
Ushbu yig‘indagi oxirgi o‘yin Yangi Zelandiya bilan o‘tkazilishi kerak edi. Ammo uchrashuv kuni bellashuv bekor qilindi. Jamoamizda hammasi reja bo‘yicha ketayotgandi.
Biroq shu kuni tongda Yangi Zelandiya terma jamoasining 12 futbolchisida koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘ldi. Raqib jamoa vakillari bunday holatda o‘ynay olmasliklari, murabbiy esa tarkib shakllantirish uchun yetarlicha futbolchilarga ega emasligini bildirdi. O‘z navbatida, O‘zbekiston terma jamoasi uchun ham futbolchilar salomatligi ustuvor hisoblanadi. Natijada tomonlar o‘yinni bekor qilishdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining bu uchrashuvlarini o‘rtoqlik o‘yinlari deyish qiyin. Ammo Srechko Katanes nazorat-sinov bahslari orqali oz bo‘lsa ham futbolchilarning qishki jismoniy holati haqida tasavvurga ega bo‘ldi. Garchi yo‘l-yo‘lakay topilgan raqiblar bilan bo‘lsa ham. Buni to‘g‘ri tushunish mumkin. Butun dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli avvaldan tayyorlab qo‘yilgan rejalar o‘zgarib ketmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasida ham shunday holat kuzatildi. Endi keyingi yig‘inlardagi raqiblar va o‘yinlarda murabbiy kerakli hulosaga kelsa ajab emas. Chunki bu gal jiddiy raqibning o‘zi bo‘lmadi.
2. 27 yanvar kuni "JCH-2022" saralashining Osiyo mintaqasi 3-raund 7-turidan o‘rin olgan Eron hamda Iroq terma jamoalari bahsi bo‘lib o‘tdi. Tehrondagi mashhur “Ozodi” stadionida kechgan o‘yin 1:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona golga 48-daqiqada Mexdi Taremi mualliflik qildi.
E’tiborlisi, Eron ushbu g‘alabadan so‘ng “A” guruhida muddatidan avval "JCH-2022" yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Birgina gol mezbonlarni mundialga olib chiqdi.
Forslar saralash bahslarida ishtirok etib, birinchi bo‘lib Osiyo qit’asidan jahon chempionatiga yo‘l olgan jamoaga aylandi. Jahon chempionati-2022 mezboni Qatar esa mundialda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etadi.
Erondan so‘ng mundial yo‘llanmasi bizning qit’ada Janubiy Koreyaga nasib etdi. Qolgan jamoalar taqdiri keyingi o‘yinlarda hal bo‘ladi.
3. Transferlar mavsumida futbolchilarning ko‘chib o‘tishiga oid ma’lumotlar ko‘payadi. Ayniqsa, o‘zbekistonlik futbolchilar borasida ham xabarlar urchidi. Ular orasida e’tiborni tortgani Jaloliddin Masharipov bilan bog‘liq.
“Al Nassr” klubi yetakchilaridan biri Masharipov jamoasini o‘zgartirishi mumkinligi haqida ko‘p gap-so‘zlar yangradi. Hamyurtimizni BAA klublari ham chorlayotgan emish. Futbolchimizning agenti mijoziga Birlashgan Arab Amirliklarining ikki klubidan qiziqish borligini bildirgan. Jaloliddinning agenti bu haqda "Al-Nassr" rahbariyatiga ham ma’lum qilgan.
Orada Masharipovga Istanbulning "Bashakshexir" klubi jiddiy qiziqish bildirgandi. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, qishki transfer vaqtida Masharipov turk klubiga ko‘chib o‘tishi kerak edi. Ammo, lekin, biroq...
So‘ng saytimiz jurnalisti Shuhratbek Jo‘rayev "Paxtakor" klubi sobiq murabbiyi Shota Arveladze bilan intervyu tashkil qildi. Ushbu suhbat davomida mutaxassis Jaloliddin Masharipovni yangi jamoasiga chaqirishga tayyor ekanligini aytdi.
- Agar Angliyada ishlasangiz qaysidir o‘zbek futbolchilarini taklif qilish rejangizda bormi? Masalan, Jaloliddin Masharipovni yangi klubingizda ko‘rmoqchimisiz?
- Angliyada ish boshlaydigan bo‘lsam, Jaloliddin Masharipovni jon deb boshqaruvimdagi jamoaga o‘ynash uchun olib kelgan bo‘lardim, deya javob berdi murabbiy.
Ushbu intervyu ortidan Jaloliddin Angliyaga yo‘l olishi mumkinligi, u “Xall Siti”ga o‘tishi borasida ma’lumotlar tarqaldi. Biroq bu transfer qachon amalga oshishi yozilmagan. Balki bu rost bo‘lsa tomonlar yozda muzokaraga kirishar. Hozircha, Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistonining “Al Nassr” klubida qoldi.
4. 24 yanvar kuni Professional boksning super yengil vazn (63.5 kg) toifasida faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz Shohjahon Ergashev boksdagi faoliyatini to‘xtatganligini ma’lum qildi. Bu haqida u instagramdagi sahifasida yozib qoldirdi.
- Uzoq vaqt uyda bo‘lmadim va otam meni uyga kelishimni so‘radi. Otam bilan juda ham ko‘p suxbatlashdik, oz bo‘lsa ham bosib o‘tgan yo‘llarimizni yodga oldik. Men 29 yoshdaman va bugun birinchi marotaba otam sportdagi faoliyatimni yakunlashimni so‘radi. Hamma narsani boshi va oxiri bo‘lgani kabi sport ham abadiy emas. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman!
Men hayotimda yangi sahifa ochyapman! Boksni butkul tashlamayman va bir kun yana ringda bo‘lsam faqatgina o‘zim uchun ringda bo‘laman. O‘zimni yangi sohada sinab qo‘raman, ammo bu sport emas. Barchaga omad!
Shohjahon Ergashev faoliyatini yakunlagani haqida xabarga Shahram G‘iyosov munosabat bildirdi. - Tugallanmagan jangimiz bor edi sen bilan o‘rtoq, lekin sportdagi faoliyatingni yakunlabsan… Omad tilayman senga, agar qaytish niyating bo‘lib qolsa, men kutaman, - deb post qoldirgan G‘iyosov.
O‘z navbatida ushbu postga Shohjahon ham javob qaytardi: "Men ham seni uchratganimdan xursandman. Sening sportdagi faoliyatingni hurmat qilaman. Sen juda kuchli bokschisan. Albatta, men ham sen bilan jang qilishni xohlar edim, afsuski, men boksni tashladim. Lekin otam bilan gaplashishim kerak, agar u menga ruxsat bersa, sen bilan jang qilishga tayyorman. Ammo tayyorgarliging yuqori bo‘lsin. Men ham sen bilan hisobni yopib, boksni tamomlashni istar edim. Sening ham kelgusi ishlaringga omad", - dedi Shohjahon Ergashev.
Buni qarangki ketganiga ko‘p bo‘lmagan Shohjahon Ergashev yana boksga qaytdi.
Salita promouterlik kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qilishicha, Shohjahon bilan yangilangan shartnoma imzolandi va navbatdagi jang tafsilotlari tez orada e’lon qilinadi.
Bokschi qaytishi sababini quyidagicha izohladi: "Men o‘zimni juda ilhomlangan his qilmoqdaman va ringdagi raqobatda ustunlik qilishga tayyorman. Salita bilan kelishuvim ikkala tomon uchun ham foydali va samarali bo‘ldi. Men faoliyatimni davom ettirishdan xursandman. Amerikalik muxlislarni sog‘indim va yana bir bor ringda ajoyib nokautlar va hayajonli janglar bilan kuch va mahoratimni namoyish etishga tayyorman".
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev Salita promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilmagan janglarda ishtirok etgani uchun kompaniya tomonidan sudga berilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, sud nihoyasiga yetdi va tomonlar kelishuviga erishdi.
Bekzod Isayev
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot