Futbol bo‘yicha Afrika Millatlar Kubogining finalida Senegal va Misr terma jamoalari 6 fevral, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning asosiy daqiqalarida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida Senegal 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa senegalliklar o‘z tarixida ilk bor Afrika Millatlar Kubogi sovrinini qo‘lga kiritdi.
Misr yarim finalda Kamerun ustidan g‘alaba qozonib, finalga chiqqan edi. Senegal esa yarim final bahsida Burkina-Fasoni taslim etgandi.
Shu tariqa Senegal o‘z tarixida ilk bor Afrika Kubogiga ega chiqdi. Bu borada rekordchi Misr hisoblanadi, misrliklar 7 marta bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Kamerun terma jamoasi Burkina-Fasoni (3:3, penaltilar — 5:3) taslim etgandi.
Afrika Millatlar Kubogi
Final bahsi
Senegal — Misr 0:0
Penaltilar Seriyasi: 4:2
Senegal: Mendi, Sarr, Kulibali, Diallo, Siss, Kuyate (Guye, 66), Guye, Mendi, Mane, Dediu (Deng, 77), Sarr (Dia, 77).
Misr: Abu-Gabal, Hamdi, Abdelmonem, al-Fotu, an-Nenni, as-Sulayya (Trezege, 59), Fathi (Abdelmonem, 99), Ashur, Saloh, Muhammed (Hamdi, 59), Marmush (Zizo, 59).
Ogohlantirishlar: Abdelmonem (5), Mendi (17), Fathi (37), Kulibali (44), Diallo (54), Mane (88). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi