17:24 / 07.02.2022
921

"Fujairah Open-2022": Taekvondochilarimiz ushbu turnirda 7 medalni qo‘lga kiritishdi

"Fujairah Open-2022": Taekvondochilarimiz ushbu turnirda 7 medalni qo‘lga kiritishdi
Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida taekvondoning olimpiya oilasiga mansub WT yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli turnir bo‘lib o‘tdi.

Butunjahon taekvondo WT taqvimida 2 ta reyting turniri bo‘lib, unda Olimpiada ochkolari o‘ynaladi. Ushbu turnirlarda taekvondo terma jamoamiz ikki guruhga bo‘lingan holda ishtirok etyapti. Ularning dastlabkisi "Fujairah Open-2022" musobaqasi hisoblanadi.

Quvonarlisi, kuchli tarkib bilan ushbu turnirga jo‘nab ketgan terma jamoamiz 4 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Oltin medal:
Ulug‘bek Rashitov;
Jasurbek Jaysunov;
Feruza Sadikova;
Svetlana Osipova.

Kumush medal:
Charos Qayumova.

Bronza medal:
Nikita Rafalovich;
Niyoz Po‘latov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Fujairah Open-2022": Taekvondochilarimiz ushbu turnirda 7 medalni qo‘lga kiritishdi