22:29 / 15.02.2022
1 092

Boks terma jamoamizning Strandja turnirida ishtirok etuvchi kuchli tarkibi

Boks terma jamoamizning Strandja turnirida ishtirok etuvchi kuchli tarkibi
2022 yilning 19 fevralidan 28 fevraliga qadar Bolgariya poytaxti Sofiya shahridagi "Sofia Hall" sport majmuasida boks bo‘yicha an’anaviy "73-Strandja" xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 36 davlatidan 450 ga yaqin eng kuchli bokschilar ishtirok etadi.

"Strandja" kubogi boks bo‘yicha IBA Diamond League seriyasidagi birinchi turnir sifatida tarixga kiradi. Yevropaning eng nufuzli turniri qit’ada yagona va yangi formatdagi 3 ta jahon tasnifidagi turnirlaridan biri bo‘ladi. Turnirda erkaklar 13 va ayollar 12 vazn toifasida ishtirok etadi.

O‘zbekiston sharafini erkaklar va ayollardan iborat birlashgan jamoalar himoya qiladi.

Ayollar jamoasi tarkibi: Tursunoy Rahimova (51 kg), Sitora Turdibekova (57 kg), Rayhon Qodirova (60 kg), Navbahor Xamidova (69 kg), Mavluda Mavlonova (75 kg).

Erkaklar terma jamoasi tarkibi: Hasanboy Do‘smatov (52 kg), Abdumalik Xalakov (57 kg) Mujibillo Tursunov (63 kg), Jahongir Rahmonov (69 kg), Saidjamshid Jafarov ( 75 kg), Odiljon Aslonov (81 kg), Madiyar Saidrahimov (92 kg) va Lazizbek Mullajonov (+92 kg).

Murabbiylar shtabidadan Rahmatjon Ro‘zioxunov, Ilyos Rahimjonov, Abduvohid Jalolov, Davron G‘ofurov, Elshod Rasulov, Islom Tojiboyevlardan iborat.

Turnir hakamlar hay’ati tarkibiga O‘zbekistondan Bekjon Yusupov kiritilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks terma jamoamizning Strandja turnirida ishtirok etuvchi kuchli tarkibi