1 084
Osiyo Kubogi—2023. O‘zbekiston terma jamoasi o‘rin olgan guruh o‘yinlari Namanganda o‘tkaziladi
Foto: O‘FA
2023 yilgi Osiyo Kubogi 3-saralash bosqichi bahslariga O‘zbekistonning qaysi stadioni mezbonlik qilishi ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirok etadigan guruh bahslari Namangandagi «Markaziy» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq, O‘zbekiston saralash bosqichiga mezbonlik qiladigan 6 mamlakatdan biriga aylangani xabar qilingandi. O‘zbekistondan tashqari yana Hindiston, Kuvayt, Qirg‘iziston, Malayziya va Mo‘g‘uliston saralash bahslarini o‘zida qabul qiladi.
2022 yilning 8—14 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan saralash o‘yinlariga 24 fevral kuni qur’a tashlanadi. 24 ta jamoa oltita guruhga bo‘lingan holda kurash olib boradi.
JCH—2022 va OK—2023 qo‘shma saralashining ikkinchi bosqich natijalariga ko‘ra, 12 ta terma jamoa va mezbon Xitoy Osiyo Kubogining final bosqichiga yo‘llanma olgan. Qolgan 11 ta litsenziya esa ushbu saralash bosqichida o‘z egasini topadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH—2022 va OK—2023 qo‘shma saralashining ikkinchi bosqichida D guruhida ikkinchi o‘rinni olgandi. O‘zbekiston eng yaxshi ikkinchi o‘rinlar qatoriga kira olmagan va JCH—2022 uchinchi saralash bosqichi bilan birga OK—2023 ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmadan quruq qolgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi