
«Roma» matbuot xizmati jamoaning to‘rt nafar a’zosida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
Qayd etilishicha, futbolchilarda kasallikning yengil alomatlari kuzatilmoqda va ular o‘zini-o‘zi yakkalash holatiga olingan. Biroq Rim klubi virus yuqtirib olgan futbolchilar nomini oshkor qilmadi.
Ammo bungacha Italiyaning bir qator nashrlarida «Roma»da koronavirus avj olgani va Joze Mourino tarkib borasida jiddiy muammolarga duch kelgani haqida yozilgandi. Xususan, unda Eldor Shomurodov va Genrix Mxitaryan kabi asosiy jamoa o‘yinchilarida koronavirus aniqlangani xabar qilingan.
Shuningdek, jamoa yarim himoyachisi Nikola Zanioloning jarohat sabab safdan chiqqani hamda uning A Seriya 26-turi doirasidagi «Verona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkinligi aytilgan.
Qayd etish o‘rinli, «Roma» — «Verona» o‘yini 19 fevral, shanba kuni soat 22:00 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, «Roma» musobaqa jadvalida 25-turdan keyin 40 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi. Eldor Shomurodov esa Italiya chempionatining 2021/22 yilgi mavsumida 19 o‘yinda o‘z nomiga 2 ta gol yozdirib qo‘ydi.
RomaEldor ShomurodovKoronavirusFutbolchilarJoze MourinoA Seriya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar