
Angliya terma jamoasi va “Liverpul” sobiq himoyachisi Jeymi Karrager “Manchester Yunayted” o‘tgan yili yozda Krishtianu Ronalduni transfer qilgani xato ekanini ta’kidladi.
- “Manchester Yunayted” yozda Ronalduni o‘z safiga qo‘shib xato qildi. Endi kelasi mavsum uchun uni jamoada qoldirish undan katta xato bo‘ladi.
Bu gaplarim bahsga sabab bo‘lishini bilaman. Ronalduning sifatlarini sanab berish oson va bularning bari uni buyuk futbolchi bo‘lishiga xizmat qildi. Krishtianu hamon eng zo‘r to‘purarlardan. Jamoasiga kerak paytga gol ura olishini bir necha bor ko‘rsatdi.
Lekin bu yoshdagi futbolchining maoshi uchun haftasiga 500 ming funt to‘lash aqlli qaror emas. Men uning avvalgi yutuqlarini kamsitmagan holda shunday hisoblayman.
Aslida men yoki biror inson besh marotaba Chempionlar ligasini yutgan va 800dan ko‘p gol urgan futbolchini tanqid qilishga botina olmaydi, - dedi Jeymi Karrager.
Angliya Terma JamoasiManchester YunaytedKrishtianu RonalduniJeymi KarragerTransfer XatolariFutbolchilar Maoshi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar