
Shaxmat bo‘yicha "Meltwater Champions Chess Tour" onlayn turnirlarlar seriyasi doirasida ilk musobaqa - "Airthings Masters musobaqasi start oldi.
Umumiy mukofot jamg‘armasi 150 ming dollarni tashkil etuvchi mazkur turnirda shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha eng yosh jahon chempioni hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda.
Kecha dastlabki 4 tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Abdusattorov 1-turda Levon Aronian, 2-turda Magnus Karlsen, 3-turda Vladislav Artemiyev, 4-turda Andrey Esipenko bilan durrang qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa rapid yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib, dastlab 15 tur saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. Har bir g‘alaba uchun 3 ball, durangga 1 ball beriladi. Shuningdek, shaxmatchi o‘zi to‘plagan har bir ochko uchun 250 dollardan mukofot oladi. Eng yaxshi natija qayd etgan 8 shaxmatchi nokaut bosqichiga o‘tib, o‘zaro g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Nodirbek AbdusattorovAirthings MastersShaxmat MusobaqasiRapid Yo'nalishiOnlayn TurnirJahon Chempioni O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar