PSJ rahbariyati har ehtimolga qarshi asosiy to‘purar Kilian Mbappening ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Fransiyalik hujumchi yozda erkin agentga aylanadi va kelajagi borasida hali bir qarorga kelgani yo‘q.
Parijliklar Mbappega bir necha marotaba o‘ta manfaatli shartnoma taqdim qildi, biroq hujumchi ularning birortasini qabul qilmadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, PSJ Mbappe o‘rniga Erling Xolandni olmoqchi bo‘lgan va qisqa fursatda bu fikridan qaytgan. Ayni paytda poytaxtliklar “Nitssa” hujumchisi Amin Guyri nomzodini ma’qullamoqda.
22 yoshli futbolchining agenti PSJ bosh murabbiylikka chorlayotgan Zinedin Zidan manfaatlarini ham himoya qiladi. Parijliklar Guyri transferi orqali Zidanning agenti bilan aloqalarni mustahkamlab olmoqchi.
Joriy mavsumda o‘nta gol urgan yosh to‘purarning transferi uchun PSJ 45 million yevro atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi