
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Yevropa Ligasi doirasidagi "Napoli"ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz, o‘yin haqidagi tushunchamizni yaxshiladik. Yaxshi pressing, to‘p uchun kurash qolaversa, biz qanday hujum qilishni bilamiz.
40ga yaqin uzatma amalga oshirib, gol urdik. Buni ustida ko‘p ishlayapmiz. Hali hech narsaga erishmadik. Shunchaki, bitta yaxshi o‘yin o‘tkazdik, biroq yaxshi futbolga umid uyg‘ondi. Kamtarlikni saqlab qolish kerak. Menga bugun butun o‘yin davomida ustunlik qilganimiz yoqdi.
Yevropa Ligasida bizning saviyadagi raqiblar yo‘q desam, mubolag‘a bo‘ladi. Siz kamtarlik bilan ishlashingiz kerak. O‘ylaymanki, bu o‘yinimiz muxlislarga yoqdi", - dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, "Barsa" ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra "Napoli"ni yengib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar