Foto: Unian
Ukraina poytaxti Kiyevda komendantlik soati muddati uzaytirildi. Bu haqda shahar meri Vitaliy Klichko xabar bermoqda. Uning aytishicha, komendantlik soat shahardagi diversant-razvedkachilarni aniqlash uchun uzaytirilgan.
«Diqqat! Poytaxt mudofaasini kuchaytirish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 26 fevraldan boshlab komendantlik soati 17:00 dan 08:00 gacha amal qiladi. Bu muddatdagi komendantlik soati 28 fevralgacha amal qiladi.
Komendantlik soati vaqtida ko‘chada bo‘lgan hamma odamlar dushmanning diversant-razvedka guruhi a’zosi deb hisoblanadi. Vaziyatni to‘g‘ri tushungan holda ko‘chaga chiqmasligingizni so‘raymiz», deb yozdi Klichko o‘z kanalida.
Oldinroq Kiyev meri o‘zining Telegram-kanalida Kiyevdagi ko‘p qavatli uyning gaz o‘tkazgichi yaqiniga noma’lum odam belgi qo‘yayotgani tasvirlangan video e’lon qilgandi. Uning aytishicha, dushman tomoniga ishlayotgan diversantlar shu tariqa raketa zarbalari uchun belgi qo‘ymoqda. Klichko ayni damda Kiyevda rus harbiylari yo‘qligi, faqat qo‘poruvchi guruhlar va diversantlar harakatlanayotganini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Tramp jamoasi rasmiylarga yoqmagan generallarni “tozalash” uchun farmon tayyorladi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi