Foto: Getty Images
«Chelsi»ning rossiyalik xo‘jayini Roman Abramovich Ukrainadagi voqealar fonida boshqaruvni klub xayriya fondiga topshirdi. Bu haqda London klubi rasmiy saytida xabar berildi.
- "Deyarli 20 yil davomida o‘zimni klub qo‘riqchisi sifatida ko‘rganman, uning vazifasi bugungi kunda imkon qadar muvaffaqiyatli bo‘lishimiz va kelajagimizni qurish va jamiyatimizda ijobiy rol o‘ynashimizdir.
Har doim klub manfaatlarini ko‘zlab qarorlar qabul qilganman. Qadriyatlarga sodiqman. Shu bois bugun klub boshqaruvini «Chelsi» xayriya jamg‘armasi vasiylariga topshiraman.
Ular hozirda klub, futbolchilar, xodimlar va muxlislar manfaatlarini ko‘zlash uchun qulayroq holatda deb o‘ylayman.", - deydi Roman Abramovich bayonotida.
Ma’lumot uchun, rossiyalik milliarder «Chelsi»ni 2003 yilda 140 million funtga sotib olgan. Jamoa uning qo‘l ostida jamoa 21 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.
Avvalroq, turli xorijiy investorlar London klubini sotib olmoqchi ekanligi va «Chelsi» 1,9 milliard yevroga baholanayotgani haqida xabarlar yangragandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi