O‘zbekiston Superkubogi-2022 doirasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev qatnashdi.
- "O‘yin sifati u qadar yuqori bo‘lmadi. Bitta xato natijaga ta’sir qilishini bilardik. Gol o‘tkazilgan vaziyatda himoyada parokandalik kuzatildi. Bugungi o‘yin o‘tgan yilgi Superkubok o‘yinini yodga soldi. "Paxtakor"ni g‘alaba bilan tabriklayman.
Bugun Husniddin Aliqulovni tavakkal qilib hujumga tushirdim. O‘yinni qutqarmoqchi bo‘ldik.
Oybek Bozorovning yo‘qligi Nasrullayevga ham ta’sir qildi. Solovyov jamoamizga yaqinda keldi, hali o‘yinimizga kirishib ketmadi. Nafaqat unda balki tajribali futbolchilarimizda ham ko‘p xatolar bo‘ldi: Stanoyevich, Muhitdinovda.
Golni yaxshilab tahlil qilamiz, bizning talabimiz boshqacha edi. Qaytaraman bugun ko‘p xatolar ko‘p bo‘ldi. Goldan keyin hujumga berilganimiz uchun, "Paxtakor" bemalol qarshi hujumlarga o‘tdi.
"Navbahor" vakillari bugungi o‘ynimizni kuzatdi? Ular nafaqat bugungi o‘yinimiz balki Turkiyadagi hamma o‘yinimizni ko‘rib o‘rganib chiqishdi. Lekin biz keyingi o‘yinga balki sxemamizni va tarkibimizni o‘zgartirarmiz.
Bosniyalik hujumchi litsenziya olsa bo‘ldi, agar uning holati yaxshi bo‘lsa balki "Navbahor" bilan o‘yinda ham maydonga tushar", - dedi Ro‘ziqul Berdiyev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz