23:33 / 27.02.2022
1 314

Stranja—2022. Lazizbek Mullajonov O‘zbekistonga 6-oltin medalni taqdim etdi

Stranja—2022. Lazizbek Mullajonov O‘zbekistonga 6-oltin medalni taqdim etdi
Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha xalqaro an’anaviy Stranja Kubogi musobaqasining so‘nggi final bahslari 27 fevral, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Turnirning oxirgi kunida +92 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Lazizbek Mullajonov finalda ishtirok etdi. Unga germaniyalik Nelvi Tiafak raqib bo‘ldi. Jang to‘liq Mullajonovning ustunligida o‘tdi va o‘zbekistonlik bokschi oltin medalga ega chiqdi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqada 6 ta oltin va bitta bronza medaliga ega chiqdi. Avvalroq Hasanboy Do‘stmatov, Abdumalik Halokov, Mujibillo Tursunov, Odiljon Aslonov va Madiyor Saidrahimov Stranja—2022 ning oltin medaliga sazovor bo‘lgandi.

Tursunoy Rahimova yarim finalda ukrainalik bokschiga imkoniyatni boy berib, bronza medali bilan cheklangan bo‘lsa, Jahongir Rahmonov, Saidjamshid Ja’farov, Sohiba Ro‘zmetova, Rayhona Qodirova, Sitora Turdibekova, Mavluda Mavlonova musobaqa bilan erta xayrlashgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Stranja—2022. Lazizbek Mullajonov O‘zbekistonga 6-oltin medalni taqdim etdi