16:00 / 28.02.2022
1 424

Barchasi hal! Mbappe bir qarorga keldi

Barchasi hal! Mbappe bir qarorga keldi
PSJ yulduzi Kilian Mbappe mavsum soʻngida jamoani tark etadigan boʻldi.

Ispan OAVning xabar berishicha, frantsiyalik futbolchi yakuniy qarorini qabul qilib ulgurgan. Unga koʻra, Mbappe faoliyatini Madridning "Real" klubida davom ettiradi. Avvalroq, parijliklar prezidenti Nosir Al-Helayfi Kilianga tezroq bir toʻxtamga kelish shartini qoʻygandi.

"Pari Sen-Jermen"da oʻz yulduzini olib qolish uchun deyarli imkon qolmadi. Boisi, Mbappe kattaroq klub safiga oʻtib, koʻproq narsaga erishmoqchi. Uni fikridan faqatgina bir narsa qaytarishi mumkin - PSJ bilan Evropa Chempionlar ligasida zafar quchish.

23 yoshli hujumchi 2017 yilda "Monako"dan parijliklar tarkibiga kelib qoʻshilgandi. Bu vaqt oraligʻida u 205 oʻyin oʻtkazib, 156 gol va 78 assist muallifiga aylangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport