
Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan www.calciomercato.com sayti Eldor Shomurodovning transferi oʻzini oqlamagani haqida yozdi.
- Bu iste'dod sohibi “Jenoa”da porlagan edi. Yuqori saviyali oʻyin va chiroyli gollar koʻrgandik. “Roma”dagi Shomurodov mavhum ob'ektga aylandi. Oʻyinlar soni kam, gollar ham juda oz. Hafsala pir boʻlgandek. Qariyb 20 million evro “osmonga uchdi", - deb yozdi www.calciomercato.com.
Eldor Shomurodov 2020 yilning oktyabrida “Rostov”dan i”Jenoa”ga transfer qilingan edi. Genuyaliklar oʻzbek futbolchisi uchun 7,5 million evro miqdorida xarajat qilgan. Kuchli beshlik chempionatlaridagi debyut mavsumida hamyurtimiz A Seriyada 31 ta uchrashuvda sakkizta gol muallifi boʻldi.
2021 yilning yozida Eldor Shomurodov “Roma” bilan besh yillik shartnoma tuzdi. Hujumchimizning Rim klubiga oʻtishini bosh murabbiy Joze Mourino istagan edi. Avvaliga oʻrtoqlik uchrashuvlari va UEFA Konferentsiyalar ligasi doirasidagi rasmiy oʻyinda gol urgan hamyurtimiz keyinchalik “Roma”ga “Chelsi” hujumchisi Temmi Abraxam olib kelinganidan keyin zaxiraga oʻtkazildi.
Statistikaga e'tibor qaratadigan boʻlsak, Shomurodvo barcha turnirlarda 29 marotaba maydonga tushdi. Shulardan atigi 15 foizida asosiy tarkibda oʻynadi. Oʻyin vaqti ham qisqa – 974 daqiqani tashkil qilmoqda.

Shomurodov shu oʻyinlar davomida toʻrtta gol va beshta assistni amalga oshirdi.
Abraxamni doʻstlari tabrikladi!

Italiya A Seriyasi doirasida “Roma” safar uchrashuvida “Spetsiya”ni soʻnggi daqiqada penaltidan kiritilgan gol evaziga magʻlub etgan edi. Rimliklarga uch ochko keltirgan zarbani Temmi Abraxam berdi.
Uchrashuvdan soʻng Abraxam ijtimoiy tarmoqda: - Zerikarlimi? Hechdan koʻra kech yaxshi. Muhim uch ochko, - deb yozdi Temmi Abraxam,
Uning izohiga “Chelsi”da birga oʻynagan doʻsti Ris Jeyms, “Manchester Yunayted” oʻyinchisi Jeydon Sancho, “Roma” himoyachisi Kris Smolling munosabat bildirib, uni muvaffaqiyat bilan tabriklashdi.
Temmi Abraxam joriy mavsumda 35 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 19 marotaba ishgʻol qildi va jamoadoshlariga toʻrtta golli pas oshirdi.
Kurashni toʻxtatmaymiz...

“Roma” sardori Lorentso Pellegrini joriy mavsum haqida fikrlarini bildirdi.
Har bir oʻyin muhim. Biz joriy mavsumda koʻproq narsaga erishish imkoniyatimiz boʻlgani rost. Lekin hozir ham maqsadimiz oʻzgarmagan. Biz hamon mavsumni kuchli toʻrtlikdan yakunlash uchun kurashni davom ettiryapmiz. Jamoaning kayfiyati yaxshi, - dedi Lorenetso Pellegrini.
“Roma” rahbariyati jamoa oldiga chempionatda kuchli toʻrtlikdan joy olib, kelasi mavsum Chempionlar ligasi yoʻllanma olish, Italiya kubogida gʻolib chiqish va UEFA Konferentsiyalar ligasida bosh sorvinni qoʻlga kiritish vazifasini qoʻygan edi.
Joze Mourino jamoasi mamlakat kubogi musobaqasida “Inter” toʻsigʻidan oʻtolmadi. A Seriyada kuchli toʻrtlikdan ancha ortda qolib keldi. “Boʻrilar” Konferentsiyalar ligasida gʻolib chiqsh uchun ham ancha ter toʻkishi talab etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar