16:25 / 01.03.2022
1 199

Hamzat Chimayev hamda Gilbert Byorns jangi tasdiqlandi

Hamzat Chimayev hamda Gilbert Byorns jangi tasdiqlandi
UFC prezidenti Dana Uayt yarim o‘rta vazn (77.1 kg) toifasidagi shvetsiyalik Hamzat Chimayev (10-0) va braziliyalik Gilbert Byorns (20-4) o‘rtasidagi jang o‘tkazilishini e’lon qildi.

Jang 9 aprel kuni markaziy to‘qnashuvi Aleks Volkanovski (23-1) va "Koreyalik zombi" Chan Sun Jung (17-6) o‘rtasida bo‘lgan "UFC 273" turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.

27 yoshli Chimayev oktabr oyida "UFC 267" turnirida xitoylik Li Jinliangni (18-7) mag‘lub etgandi. 35 yoshli Byorns esa iyul oyida hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Stiven Tompson (10-6-1) ustidan g‘alabaga erishgan.

Ma’lumot uchun, Chimayev yarim o‘rta vazn (77.1 kg) toifasi reytingida 11 -o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, Byorns 2-pog‘onadan o‘rin olgan.

Hamzat Chimayev1, Gilbert Byorns1, UFC1, Dana Uayt1

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hamzat Chimayev hamda Gilbert Byorns jangi tasdiqlandi