07:28 / 03.03.2022
988

Balotelli: "Mahorat borasida Messi va Ronaldu darajasida edim, ammo barcha imkoniyatlarni boy berdim"

Balotelli: "Mahorat borasida Messi va Ronaldu darajasida edim, ammo barcha imkoniyatlarni boy berdim"
"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Nedum Onuoxa Mario Balotelli o‘zini Messi va Ronaldu bilan solishtirganini yodga oldi.
"Biz "Manchester Siti"da 2011/12 yilgi mavsumda atigi yarim yil birga o‘ynadik, ammo bu vaqt Angliyaga 20 yoshida tashrif buyurgan yigitchani tushunish uchun yetarli edi.

Men doim bir voqeani eslayman. Bazada kimdir Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini muhokama qilardi. Mario suhbatga qo‘shilib, ulardan yomonroq o‘ynamasligini aytdi.

Xonadagi hamma jim bo‘lib qoldi, lekin Marioning yuzi umuman o‘zgarmadi. U bu gapni jiddiy qiyofada aytdi. Mario chindan ham boshqalardan farq qilardi. Men u bilan o‘tgan hafta gaplashdim va bu odam butkul o‘zgargani guvohi bo‘lib, ko‘zlarimga ishonmadim.

Messi va Ronaldu haqidagi suhbat haqida gapirar ekan, Mario shunday deydi: "Men ular bilan bir saviyada bo‘lish uchun bir nechta imkoniyatlarni boy berdim. Lekin mahorat borasida ular bilan bir xil bo‘lganimga yuz foiz aminman. Biroq barcha imkoniyatlarni boy berdim.

Hozir ular bilan bir saviyadaman, deya olmayman. Ronaldu nechta "Oltin to‘p" qo‘lga kiritgan? Beshtami? Hech kim o‘zini Messi va Ronalduga tenglashtira olmaydi. Agar futbolchilik mahorati haqida gapiradigan bo‘lsak, menda hasad qiladigan hech narsa yo‘q
", - deya Onuoxa Balotellining so‘zlarini keltirdi.

Mario hozirda Turkiyada "Adana Demirspor" jamoasida to‘p suradi. U joriy mavsum chempionatning 22 o‘yinida 10 ta gol urdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Balotelli: "Mahorat borasida Messi va Ronaldu darajasida edim, ammo barcha imkoniyatlarni boy berdim"