date 10:40 / 03.03.2022
views 979

Roman Abramovich «Chelsi»ni sotishga qaror qilganini ma'lum qildi

Roman Abramovich «Chelsi»ni sotishga qaror qilganini ma'lum qildi
Foto: Getty Images
Rossiyalik milliarder Roman Abramovich «Chelsi»ni sotishga qaror qilgan. Biznesmenning bayonoti London klubining rasmiy saytida e'lon qildi.

- "OAVda «Chelsi»ga egalik qilishim haqidagi taxminlarga izoh bermoqchiman.

Avval ham aytganimdek, har doim klub manfaatini koʻzlab qarorlar qabul qilganman. Shu bois hozirgi vaziyatda klubni sotishga qaror qildim, chunki bu klub, muxlislar, xodimlar hamda klub homiylari va hamkorlari manfaatiga toʻgʻri keladi deb hisoblayman.

Klubning sotilish jarayoni tezlashtirilmaydi, lekin belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qarzlarni qaytarishni soʻramayman. Bu loyiha men uchun hech qachon biznes yoki pulni anglatmagan, balki oʻyin va klubga boʻlgan sof ishtiyoqimni bildirgan.

Bundan tashqari, oʻz jamoamga savdodan tushgan barcha sof daromadlarni oladigan xayriya jamgʻarmasini yaratishni buyurdim. Jamgʻarma Ukrainadagi barcha jabrlanganlarning manfaatlarini koʻzlab tuziladi. Bu jabrlanganlarning favqulodda va tezkor ehtiyojlarini qondirish uchun mablagʻlar bilan ta'minlash, shuningdek, uzoq muddatli tiklanish sa'y-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashni oʻz ichiga oladi.

Bilingki, bu juda ogʻir qaror boʻldi va klubni bu tarzda tark etish juda ogʻriqli. Biroq bu klub manfaatlariga mos kelishiga ishonaman.

Umid qilamanki, «Stamford Bridj»ga oxirgi marta tashrif buyurib, barchangiz bilan shaxsan xayrlashaman. «Chelsi»ning bir qismi boʻlish umr boʻyi sharaf boʻldi va birgalikda erishgan barcha yutuqlarimizdan faxrlanaman. «Chelsi» futbol klubi va uning muxlislari doim yuragimda boʻladi
", - dedi Roman Abramovich.

Ma'lumot uchun, rossiyalik milliarder «Chelsi»ni 2003 yilda 140 million funtga sotib olgan. Jamoa uning qoʻl ostida jamoa 21 ta sovrinni qoʻlga kiritgan. «Chelsi»ning undan 2 mlrd dollar qarzdorligi aytilmoqda.

Avvalroq Abramovich klubni sotuvga qoʻyib, unga 4 milliard funt sterling narx qoʻygani, biroq hozirgi sharoitda 2 milliarddan koʻproq pul taklif qilinmaslik ehtimoli yuqori ekani haqida xabarlar yangragandi.

Eslatib oʻtamiz, 27 fevral kuni Abramovich Ukrainadagi vaziyat tufayli «Chelsi» boshqaruvini klub xayriya fondiga topshirgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport